“Moliyaviy tergovning yuridik va iqtisodiy tavsifi” mavzusida ilmiy-amaliy uchrashuv

“Moliyaviy tergovning yuridik va iqtisodiy tavsifi” mavzusida ilmiy-amaliy uchrashuv


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida Akademiyaning magistratura tinglovchilari va bakalavriat talabalari bilan “Moliyaviy tergovning yuridik va iqtisodiy tavsifi” mavzusida ilmiy-amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir doirasida ushbu soha mutaxassislari tomonidan parallel moliyaviy tergov hamda uni o‘tkazishda moliyaviy razvedkaning ahamiyati, raqamli dalillarni to‘plash masalalari, moliyaviy tergovga doir milliy amaliyot va ilmiy qarashlar batafsil yoritildi.

Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.