O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025/2026 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kunduzgi shakli uchun magistraturaga qabul boshlangani ma’lum qilinadi.
Magistraturaga tanlov vakolatli davlat organlarining surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshiruvchi tuzilmalarida hamda prokuratura organlarida kamida 3-yil xizmatni o‘tagan «Yurisprudensiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega amaldagi xodimlari (harbiy xizmatchilari) orasida o‘tkaziladi.
Magistraturaning «Tergov faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish bepul asosda amalga oshiriladi.
O‘qishga qabul qilingan xodimlarning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
O‘qish kunduzgi ta’lim shaklida bir yil davomida amalga oshiriladi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar 10-maydan – 10-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “mydtm.uz” elektron platformasi (www.my.uzbmb.uz) orqali taqdim etiladi.
Kirish imtihonlari avgust oyida bir kunda uch bosqichda, ya’ni test shaklida o‘tkaziladigan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va chet tilidan test sinovi orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://lex.uz/uz/docs/6425532
Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
www.facebook.com/ProsecutorAcademy,
www.instagram.com/proacademyuz/,
https://t.me/TheLawEnforcementAcademy,
https://www.youtube.com/@HMQakademiyasi” havolasi hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.
Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul bilan bog‘liq ma’lumotlarni 71-202-04-96 (ichki: 1716; 1795 va 1978) telefon raqami orqali ham bilib olishingiz mumkin.