Akademiyaning 1- va 2-kurs bakalavriat talabalari, hamda magistratura tinglovchilari xalqaro huquq sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri bo‘lgan yozgi maktabda ishtirok etish imkoniga ega. Mazkur maktab talabalarga o‘z yuridik bilimlarini xalqaro darajada sinab ko‘rish hamda o‘z malaka va bilim darajasini oshirish imkoniyatini beradi. Mustaqil fikrlash, isbotlash va huquqiy himoya qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Barcha darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.
Saralash bosqichida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar joriy yilning 15-may kuniga qadar quyida keltirilgan so‘rovnomani to‘ldirishlari lozim.