Akademiyada yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni, ayniqsa, futbolni rivojlantirish va ularni sportga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Professional futbol ligasi tomonidan OTM talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha “Coca-Sola Students Cup” musobaqalarida Akademiyaning futbol terma jamoasi ishtirok etmoqda.
Mazkur futbol turnirida Toshkent shahri va Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalaridan 73 ta jamoa ishtirok etmoqda.
“Coca-Cola Students Cup” musobaqasi Akademiya uchun futbolchi yoshlarning tajribasini oshirish va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun yaxshi maydon bo‘ladi. Bu turnirda ishtirok etish davomida yoshlar nafaqat jismoniy mahoratini, balki jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
Akademiya terma jamoasiga omad tilaymiz!