Dual ta’lim doirasida amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

Dual ta’lim doirasida amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda


Akademiyada talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan dual ta’lim tizimi joriy etilib, izchil amalga oshirib borilmoqda.

Talabalar tizimli ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarida amaliyot va stajirovkalarga jalb qilinib, kasbiy malakalarini shakllantirib bormoqda. Navbatdagi dual ta’lim mashg‘ulotlari Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining Ekspert-kriminalistika markazi, Probatsiya xizmati, Post-patrul xizmatining otliq bo‘linmasida tashkil etildi.

Talabalar ushbu mashg‘ulotlar davomida soha mutaxassislaridan jamoat tartibini saqlash amaliyoti, dastlabki tergovning kriminalistik uslubiyoti va ekspertiza tadqiqotlari, probatsiya xizmati faoliyatini tashkil etish haqida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.