“Innovatsiya va ilm-fan: magistrlik tadqiqotlari” ilmiy maqolalar to‘plami nashr etildi

“Innovatsiya va ilm-fan: magistrlik tadqiqotlari” ilmiy maqolalar to‘plami nashr etildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan “Innovatsiya va ilm-fan: magistrlik tadqiqotlari” mavzusidagi ilmiy maqolalar to‘plami nashr etildi.

Mazkur to‘plamda Akademiyada tahsil olayotgan magistrantlarning huquqni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy izlanishlari, amaliy tavsiyalari hamda amalga oshirilayotgan islohotlarga oid tahliliy yondashuvlari jamlangan bo‘lib, mamlakatda qonuniylik, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda inson huquqlarini himoya qilishga  doir jarayonlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar jamlangan.

Shuningdek, to‘plamni tayyorlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad – magistrantlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini targ‘ib qilish, akademik muhokamalar uchun ochiq ilmiy maydon yaratish, yurisprudensiya sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga ko‘maklashishdan iboratdir.

Ushbu to‘plam sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarni ilmiy jihatdan asoslash, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, huquqiy sohada kadrlar salohiyatini rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyatga egadir.