Xitoy Oliy xalq prokuraturasi delegatsiyasi tashrifi

Xitoy Oliy xalq prokuraturasi delegatsiyasi tashrifi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bosh prokurori Gao Szimin boshchiligidagi Oliy xalq prokuraturasi delegatsiyasi vakillarining tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida delegatsiya Akademiyaning faoliyat yo‘nalishlari, prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tizimi bilan tanishtirildi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari Akademiyada amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim infratuzilmasi, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlar bilan tanishdilar. Mehmonlar Akademiya yuridik klinikasi, kriminalistik poligonlar, raqamli kriminalistika laboratoriyasi, sud imitatsiyasi xonasi va boshqa amaliy va simulyatsion mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus xonalar, shuningdek, axborot-resurs markazini ko‘zdan kechirdilar.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi. Akademiyaning ta’lim va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan o‘quv faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tomonlar prokuror kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdilar.