Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan dastlabki tanlovdan o‘tib, maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi:
Harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq;
Harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq.
2025-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.
“Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tanlovida ishtirok etuvchi nomzod tanlangan tanlov o‘tkazish hududdagi manzilga 2025-yil 1-iyun soat 08:30ga pasport yoki ID-karta bilan (my.uzbmb.uz dagi shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlar (sinov o‘tadigan auditoriya, joy) bilan tanishgan holda) yetib kelishi lozim.
Manzillar 3-ilovaga muvofiq.