Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi tomonidan Astana shahrida tashkil etilgan “Zamonaviy dunyoda qonun, huquq, adolat” mavzusidagi Xalqaro yuristlar kongressida ishtirok etdilar.
Ushbu tadbir Qozog‘istonning Turkiy davlatlar sud-huquqiy ta’lim tarmog‘i raisligi hamda Akademiyaning 10-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.
Kongress ishida Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston ilmiy-ta’lim muassasalari va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirok etishdi.
Kongress doirasida Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudiga tashriflar tashkil etildi, shuningdek, tadbir ishtirokchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.