Germaniya sudlov akademiyasi direktori, doktor Shtefan Trattsning tashrifi

Germaniya sudlov akademiyasi direktori, doktor Shtefan Trattsning tashrifi

Joriy yilning 27 noyabr kuni Germaniya sudlov akademiyasi direktori, doktor Shtefan Trattsning Bosh prokuratura Akademiyasiga navbatdagi tashrifi bo'lib o'tdi.

SH.Tratts joriy yilning may oyida Oliy o'quv kurslari qayta tashkil etilganligi va Bosh prokuratura Akademiyasi tuzilganligi munosabati bilan sohada ro'y bergan o'zgarishlar haqida xabardor qilindi.

SH.Tratts Akademiya o'quv jarayonining tashkil etilishi, uning tashkiliy tarmoqlari ish faoliyati bilan tanishtirildi.

Nemis eksperti Akademiyani strategik rivojlantirish, loyiha boshqaruvini qo'llash, o'quv jarayonini tashkillashtirish va o'quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan konsultativ ko'mak ko'rsatdi.

Akademiya rahbariyati bilan uchrashuvda taraflar prokuror kadrlarni qayta tayyorlash sohasida tajriba almashish va hamkorlikdagi ilmiy-ta'lim faoliyatini amalga oshirish 
masalalarini muhokama qilishdi.

Har ikki muassasaning o'xshash jihatlari mavjudligi sababli Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig'i YE.Kolenko Akademiyaning tashkil etilishida nemis akademiyasi modelidan foydalanilganligini qayd etdi.

Shuningdek, SH.Tratts ishtirokida Akademiyaning professor-o'qituvchilari uchun seminar tashkil etilib, u tomonidan Germaniyada yuridik ta'lim tizimi, prokurorlar va sud`yalarning malakasini oshirish bo'yicha zamonaviy g'oyalar haqida ma'lumot berib o'tdi.

Tashrif F.Ebert jamg'armasi hamkorligida tashkil etildi.