“Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul (2025-2026-o‘quv yili uchun)” (Ariza qoldirish) bo‘linmasida “Yurisprudensiya” va “Chet tili” test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlash lozim.
Test sinovlari iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, nomzodlar tegishli sertifikatlarni yuklashi mumkin.