Joriy yilning 2-5-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura tinglovchilarining magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonlari o‘tkazildi.
Mazkur himoya jarayonlari belgilangan tartib va talablarga muvofiq, yuqori saviyada tashkil etildi.
Tinglovchilar tomonidan huquqni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb mavzular – jinoyatchilikka qarshi kurash, inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda sud-huquq islohotlari va boshqa muhim yo‘nalishlarda ilmiy-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirgan holda, ilmiy-amaliy taklif va xulosalarni ilgari surdilar.
Himoya jarayonlarida Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ilmiy rahbarlar va soha mutaxassislari ishtirok etib, har bir ish yuzasidan xolis va asoslangan xulosalar berishdi.