ANONS: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida

ANONS: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida


2025-yil 19-20-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Raqamli transformatsiya davrida huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda fan va ta’lim sohasidagi 50 dan ortiq xorijiy ekspertlar, shuningdek ko‘p sonli milliy ekspertlar, yetakchi olimlar va huquqni muhofaza qilish sohasi amaliyotchi xodimlari, tadqiqotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiya dasturidan “Raqamli transformatsiya davrida huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlar” mavzusida yalpi majlis, shuningdek “Huquqni muhofaza qilish sohasida fan va ta’limning dolzarb masalalari”, “Tergov faoliyatini tashkil etishga yangicha yondashuvlar: raqamli kriminalistikaning roli”, “Raqamli davrda korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” mavzularida parallel sessiyalar o‘rin olgan.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy maqola va tezislar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan.

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar (havola).