Akademiya bakalavriatining “Yurisprudensiya” (Prokurorlik faoliyati) yo‘nalishiga qabul bo‘yicha

Akademiya bakalavriatining “Yurisprudensiya” (Prokurorlik faoliyati) yo‘nalishiga qabul bo‘yicha


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning “Yurisprudensiya” (Prokurorlik faoliyati) yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash joriy etilgan.

Shunga ko‘ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025/2026 o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya” (Prokurorlik faoliyati) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul boshlanganligi ma’lum qilinadi.

Akademiya bakalavriati “Yurisprudensiya” (Prokurorlik faoliyati) yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari va to‘lov kontrakt asosida  amalga oshiriladi.

“Yurisprudensiya” (Prokurorlik faoliyati) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yilning 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul (2025-2026-o‘quv yili uchun)” bo‘linmasida “Yurisprudensiya” va “Chet tili”  test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi,  ta’lim tili va test topshirish hududini tanlash lozim.

Test sinovlari iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, nomzodlar tegishli sertifikatlarni yuklashi mumkin.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

www.facebook.com/ProsecutorAcademy;

www.instagram.com/proacademyuz/;

https://t.me/TheLawEnforcementAcademy;

http://x.com/ProAcademyUz;

https://www.youtube.com/@HMQakademiyasi, hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.