Huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasida mamlakatimizda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda ko'maklashuv» yangi loyihasi doirasida tashrif buyurgan IHTT eksperti Yekaterina Zguladze bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Taraflar O'zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlar sodir etilishining sabab va sharoitlarini o'rganish hamda diagnostika qilish tizimi samaradorligini oshirish, aholi bilan muloqot va  huquqbuzarliklar profilaktikasining boshqa masalalarini muhokama qilishdi.

Muqaddam ko'p yillar mobaynida Gruziya va Ukrainaning ichki ishlar vaziri o'rinbosari, birinchi o'rinbosari lavozimlarida xizmat qilib kelgan YE.Zguladze, bu davlatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va oldini olish borasida amalga oshirilgan islohotlarning institutsional mexanizmlari hamda profilaktik ishlarni tashkillashtirishdagi tajribasi bilan almashdi.