Akademiyada prokuratura organlari xodimlari uchun YUNESKO mintaqaviy treninglari o‘tkazildi

Akademiyada prokuratura organlari xodimlari uchun YUNESKO mintaqaviy treninglari o‘tkazildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati prokuratura organlari xodimlari uchun “So‘z erkinligi va axborotdan foydalanish hamda jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish” mavzusida trening o‘tkazildi.

Trening jurnalistik faoliyatini muhofaza qilish, so‘z va axborot olish erkinligini ta’minlash sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspert Sabin Ouellet (Kanada) tomonidan o‘tkazildi.

Treningda hududiy prokuratura organlari xodimlari, xususan, viloyat prokфurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi, bo‘lim prokurorlari, tuman-shahar prokurorlarining yordamchilari va tergovchilari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilariga ekspert tomonidan so‘z erkinligi huquqi va uning demokratik jamiyat qurilishidagi ahamiyati, so‘z erkinligini qonuniy cheklash, axborot olish erkinligining kafolatlari, xalqaro standartlar talablari va ilg‘or xorij tajribasi haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, jurnalistlarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirishning usul va mexanizmlari atroflicha yoritildi.

Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.