«Terrorizmga aloqador jinoyatlarni tergov qilish va sudlovni amalga oshirish sohasidagi ilg'or tajriba» mavzusiga bag'ishlangan mintaqaviy seminar

«Terrorizmga aloqador jinoyatlarni tergov qilish va sudlovni amalga oshirish sohasidagi ilg'or tajriba» mavzusiga bag'ishlangan mintaqaviy seminar

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan BMTning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha hududiy boshqarmasi hamkorligida Toshkent shahrida  «Terrorizmga aloqador jinoyatlarni tergov qilish va sudlovni amalga oshirish sohasidagi ilg'or tajriba» mavzusiga bag'ishlangan Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy seminari o'tkazildi.

 Ushbu tadbir «Vatanlariga qaytayotgan xalqaro terrorchilar va ularning oilalarini ta'qib kilish, reabilitatsiya va jamiyatga reintegratsiya qilish sohasida mintaqaviy yondashuvlarni qo'llab-quvvatlash» loyihasi doirasida tashkillashtirilgan.

Tadbir davomida Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, AQSH va boshqa davlatlarning malakali ekspert va amaliyotchilari terrorizm, shu jumladan vatanlariga qaytayotgan xalqaro terrorchilar bilan bog'liq bo'lgan jinoyat ishlarni tergov qilish va sudlovni amalga oshirishda o'zlarining ilg'or tajribalari bilan almashishdi.

Kozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston davlatlarining prokuratura, sud va advokatlik korpusi vakillari mazkur toifadagi jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda amaliyotda uchraydigan masalalarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, mazkur soha bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarini o'qitish va malakasini oshirishdagi yondashuvlariga alohida to'xtalib o'tildi.

Mazkur tadbir doirasida Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha hududiy boshqarmasining jinoyatchilikni oldini olish loyihasi sektori menedjeri doktor Arturo Loren, Buyuk Britaniyaning qirollik advokati Piter Karter va Glazgo Universitetining xalqaro huquq bo'yicha katta o'qituvchisi Akbar Rasulov bilan uchrashuv o'tkazildi.

Ekspertlar Akademiyaning professor-o'qituvchilariga BMTning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha hududiy boshqarmasining «Odil sudlov uchun ta'lim» loyihasi doirasida terrorizmga qarshi kurashish va oldini olish sohasida ishlab chiqilayotgan o'qitish modullarining taqdimotini o'tkazishdi.