Akademiyada hamkorlar bilan uchrashuv

Akademiyada hamkorlar bilan uchrashuv


Akademiyada giyohvand moddalarning onlayn savdosiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan trening doirasida tashrif buyurgan AQSHning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari X.Berns xonim va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori o‘rinbosari Sh.Qayumov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlar Akademiya va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tizimi bilan tanishib chiqdilar.

Shuningdek, mehmonlar Akademiyaning amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim infratuzilmasi, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlari bilan tanishdilar. Mehmonlar Akademiya yuridik klinikasi, kriminalistik poligonlar, raqamli kriminalistika laboratoriyasi, sud imitatsiyasi xonasi va boshqa amaliy va simulyatsion mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus xonalar, shuningdek, axborot-resurs markazini ko‘zdan kechirdilar. Akademiyaning ta’lim va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan o‘quv faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.