Akademiya vakillarining xalqaro hamkorlik doirasi AQSHda tanishuv tashrifida bo‘lishlari davom etmoqda.
Mazkur tashrif doirasida Akademiya delegatsiyasi AQSHdagi Jorjiya Sohilbo‘yi kolleji (College of Coastal Georgia) faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Delegatsiya ushbu oliy ta’lim muassasasidagi bakalavriatning Kiberxavfsizlik dasturi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash amaliyoti hamda buning uchun tashkil etilgan maxsus laboratoriya bilan tanishishib, o‘z navbatida AQSHlik hamkorlarga Akademiyaning Raqamli kriminalistika instituti faoliyati va uning imkoniyatlari haqida taqdimot qilishdi.
Shuningdek, ushbu oliy ta’lim muassasasining infratuzilmasi, jumladan, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, auditoriyalar, kutubxona, oshxona, yotoqxona va rekreatsiya hududlarini tashkil etish hamda ularni jihozlashga yondashuvlar, ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalash amaliyoti o‘rganildi.
Tashrif yakunida har ikki ta’lim muassasalari kiberjinoyatchilik qarshi kurashish hamda raqamli kriminalistika sohasida kadrlarni tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilishni kelishib olishdi.