Mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar tizimli davom etmoqda

Mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar tizimli davom etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3 yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Akademiyaning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati ilmiy yondashuv va idoralararo hamkorlikka asoslangan holda tashkil etilmoqda.

Shu doirada Toshkent shahri Bektemir tumanidagi mahallalarda jinoyatchilik holatini o‘rganish bo‘yicha kompleks tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu jarayonda ilmiy tahlil usullari va joylardagi o‘rganishlar asosida huquqbuzarliklar holatiga xolis baho berilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jumladan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonlariga faol jalb etilmoqda.

Amalga oshirilayotgan tahlillar va joylardagi kuzatuvlar natijasida Akademiya mutaxassislari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha manzilli va asosli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Bunday tizimli yondashuv mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga, profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirishga va aholining faol ishtirokiga asoslangan barqaror modelni shakllantirishga xizmat qiladi.