2025-yil 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Lloyd huquq maktabi (Hindiston) prezidenti Maxar Tayrani hamda Penn davlat universiteti Dikinson huquq maktabi (AQSH) magistratura va xalqaro dasturlar bo‘yicha dekan yordamchisi Stefan Barnes bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga Akademiyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, kadrlar tayyorlash tizimi, o‘quv-ilmiy jarayon hamda zamonaviy o‘quv-amaliy usullari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi.
Tadbir doirasida Lloyd huquq maktabi vakillari tomonidan huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan Ednectar dasturiy ta’minotining imkoniyatlari taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida mazkur dasturni yanada takomillashtirish, shuningdek uning milliy huquq tizimiga moslashtirilgan andozasini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.