2025-yil 6-avgust kuni MDHga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi ijrochi kotibi Yu.Jdanov boshchiligidagi delegatsiyaning Akademiyaga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida delegatsiya Akademiyaning faoliyat yo‘nalishlari, prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tizimi bilan tanishtirildi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari Akademiyada amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim infratuzilmasi, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlar bilan tanishdilar. Mehmonlar Akademiya yuridik klinikasi, kriminalistik poligonlar, raqamli kriminalistika laboratoriyasi, sud imitatsiyasi xonasi va boshqa amaliy va simulyatsion mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus xonalar, shuningdek, axborot-resurs markazini ko‘zdan kechirdilar.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi. Akademiyaning ta’lim va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan o‘quv faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinib, tomonlar prokuratura organlari kadrlari salohiyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.