Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2025-yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida akademiya rahbariyati hamda Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari I.M. Sidigaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari jinoyat protsessida raqamli dalillarni huquqiy tartibga solish va qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ilg‘or tajribasi, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish uchun kadrlar tayyorlash sohasidagi faoliyati bilan tanishdilar.

Huquqni muhofaza qilish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanishning zamonaviy yondashuvlariga, raqamli dalillardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazaga, shuningdek, jinoiy-protsessual faoliyatga innovatsion yechimlarni joriy etishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini raqamlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.

Uchrashuv tomonlarning huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va huquqni qo‘llash amaliyotida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish sohasida ilg‘or tajriba almashishga o‘zaro qiziqishini ko‘rsatdi. Delegatsiya vakillari O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish tizimida raqamli texnologiyalar rivojlanish darajasini yuqori baholadilar va keyingi hamkorlikka tayyorliklarini bildirdilar.