“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalari” mavzusida sayyor o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi

“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalari” mavzusida sayyor o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi


Bosh prokuraturaning Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda qonuniylikni ta’minlash bo‘limi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan Andijon viloyatida tuman prokurorlari, ularning o‘rinbosarlari, tuman IIB boshliqlari va xodimlari uchun “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalari” mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga kiberjinoyatlarni fosh etish hamda tergov qilishdagi tizimli kamchiliklar haqida bayon qilinib, ushbu kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik haqida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, seminar davomida raqamli dalillarni to‘plash va tahlil qilish hamda mazkur sohada nazoratni kuchaytirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan joylardagi tergov organlari uchun o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar kelgusida ham izchil ravishda davom ettiriladi.