Akademiyada xodimlar va talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirish, ularning jismoniy va ma’naviy salomatligini ta’minlash, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish orqali sportga keng jalb qilishga yo‘naltirilgan ishlar tizimli olib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda zarur infratuzilma yaratilib, sport musobaqalari muntazam ravishda tashkil etib kelinadi. Tadbirlar talabalarning salohiyati, tashabbuskorligi hamda sog‘lom raqobat muhitida o‘zini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, saralangan talabalarimiz yurtimizda hamda xorijda tashkil etilayotgan sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqdalar.
Jumladan, Samarqand shahrida sportning ITKF Karate-do yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida 2-kurs talabasi Xudoyberdiyev Murodjon 18 yoshdan katta yosh toifasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Talabamizni tabriklab, kelgusida sportda yanada yuksak natijalarga erishishini tilaymiz.