Bosh prokuratura Akademiyasida 2018 yilning 26 noyabr kunidan boshlab, ilk marotaba Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasining tuman bo'limlari boshliq o'rinbosarlari ishtirokida malaka oshirish kursi o'tkazilmoqda.
Ushbu malaka oshirish kursi qishloq va suv xo'jaligi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar ijrosi ustidan nazorat qilishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan.
Ta'kidlash joizki, tasdiqlangan o'quv dasturiga asosan, namunali fermer va boshqa xo'jaliklar faoliyati bilan yaqindan tanishishga qaratilgan sayyor mashg'ulotlar muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 1 dekabr kuni Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida joylashgan fermer xo'jaliklarida sayyor mashg'ulot o'tkazildi. Unda tinglovchilar ko'p tarmoqli “Kavsar zamin omad” fermer xo'jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan “TANO” fermer xo'jaligi faoliyati bilan tanishishdi.
O'quv mashg'ulotlari hozirda davom etmoqda.