O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Belarus Respublikasi Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturiga qabul davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Belarus Respublikasi Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturiga qabul davom etmoqda


Hujjatlarini qabul qilish 2025-yil 8-sentyabrga qadar (shu kuni xam) uzaytirildi.

Nomzodlar Akademiyaning https://bachelor.proacademy.uz/  elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va quyidagi hujjatlarni yuklashlari lozim:

-Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar professional ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat (o‘qigan fanlar bo‘yicha olgan baho (ball)lar ko‘rsatilgan holda);

-pasport yoki ID-karta nusxasi;

-vakolatli sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan OIV infeksiyasi yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat;

-3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat;

O‘zbek tilida tuzilgan hujjatlarga bir vaqtning o‘zida notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi qo‘shib topshiriladi.

Zaruriyat tug‘ilganda, qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi raqamlar orqali olish mumkin: 71-202-04-96 (ichki. 1727; 1991).