O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 2018 yilning 10 dekabridan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'lim boshliqlari ishtirokida “Ijro ishi yuritish sohasidagi qonun hujjatlarini amaliyotga to'g'ri tatbiq etilishini ta'minlash masalalari” mavzusida malaka oshirish kurslari boshlandi.
Dasturga asosan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashda prokuratura organlari oldiga qo'yilayotgan vazifalarning mazmun-mohiyati, Byuro organlari tomonidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishda qonun normalariga rioya qilish masalalari hamda sohadagi huquqbuzarliklarni oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ma'ruza hamda amaliy mashg'ulotlar o'tkazilishi nazarda tutilgan.
Malaka oshirish kurslari davomida tinglovchilar o'zlarining amaliy faoliyatlarida kelib chiqayotgan muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, Akademiya professor-o'qituvchilaridan tegishli kasbiy huquqiy tushuntirishlar olishadi.