Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-son hamda 2025-yil 18-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari doirasida chora-tadbirlarni izchil amalga oshirib kelmoqda.
Akademiya ishchi guruhi Jizzax shahri mahallalarida, shu jumladan “Madaniyat” MFY hududida kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuv asosida o‘rganishlar o‘tkazdi. O‘rganish jarayonida jinoyatchilikning oldini olish va mahalla faollarini jamoat xavfsizligini mustahkamlash jarayoniga jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Tahlillar asosida “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalar uchun manzilli profilaktika choralari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimli davom ettiriladi.