Bosh prokuratura vakili Avstriyada joylashgan Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo va Afg'onistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash" mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etdi.
Seminarda Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Afg'onistonning huquqni muhofaza qilish organlari, vakolatli davlat organlari va akademik doiralari ishtirok etdilar.
Xalqaro Korruptsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi dekani hamda ijrochi kotibi Martin Kroytner, Akademiya professori Eduard Ivanov hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti eksperti Drago Kos ishtirokchilarga davlatlarning huquqiy va institutsional hamkorligining muhim masalalari to'g'risidagi taqdimotini taqdim qildilar.
Tadbir ishtirokchilari korruptsiyaning oldini olish sohasidagi zamonaviy muammolar va tendentsiyalarni muhokama qilishib, olgan bilimlari va eng ilg'or amaliyotlar haqida fikr almashdilar.
Davlatlar vakillarining ta'kidlashicha, hududning mustahkam kelajagi va korrupsiyaga qarshi kurashish salohiyatni oshirish maqsadida ishonch, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, innovatsion g'oyalarini amaliyotga tadbiq etish, “korrupsiyaga qarshi kurashish” terminologiyasini “qonunga itoatkorlikni oshirish” deb yuritish kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.