Prokurorlik faoliyatida an’ana va zamonaviylik: Akademiya talabalari muzeyda

Prokurorlik faoliyatida an’ana va zamonaviylik: Akademiya talabalari muzeyda


Prokuratura organlari tarixi va an’analari bilan tanishish orqali talabalarda kasbiy motivatsiyani kuchaytirish, prokurorning jamiyat oldidagi missiyasi, etik standartlari va burch hissini shakllantirish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalari 
O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ekspozitsiya bilan tanishuv davomida talabalar prokuratura organlarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, tizimda amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek prokuratura organlarining qonuniylikni ta’minlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va jamoat manfaatlarini muhofaza qilishdagi o‘rni bilan tanishdilar.

Bu kabi tadbirlar Akademiyada joriy etilgan amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining muhim qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy identifikatsiyasi, zarur kompetensiyalari va huquqni muhofaza qilish tizimi xodimlariga xos qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.