O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kirish imtihonlari yakunlandi.
Ikkinchi bosqich natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 421-son qaroriga asosan ikkinchi bosqichda chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 foizini (9 ball) to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, o‘qishga qabul qilinadi.
Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olish mumkin: 71-202-04-96 (ichki 1727; 1991).