Akademiyada talabalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda amaliyotchi-harbiy xizmatchi (xodim)lari bilan hamkorlikda kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga, ularni kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Xususan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq “Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” moduli doirasida , bakalavriat 1-kurs talabalari uchun “Saf tayyorgarligi” fanining “Qurolsiz bajariladigan saf amallari va harakatlari” mavzusidagi mashg‘uloti soha mutaxassislari – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Faxriy qorovul bataloni va namunali harbiy orkestri harbiy xizmatchilari ishtirokida amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotning kirish qismida harbiy xizmatchilar saf tayyorgarligi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar, shuningdek talabalar bilan qad rostlab turish, joyda turib burilishlar, harbiycha salom berish, safdan chiqish va safga qaytish, barabanlar sadosi ostida harakatlanish va yurish kabi o‘quv mashqlari amaliy ko‘rib chiqildi.