Ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha salohiyatni yuksaltirishga yo‘naltirilgan seminar o‘tkazildi

Ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha salohiyatni yuksaltirishga yo‘naltirilgan seminar o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida magistratura tinglovchilari uchun Pivot-RP platformasi orqali ilmiy loyihalarni moliyalashtirish manbalaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda ekspert sifatida Ilmiy-texnik axborot markazi Ilm-fan va innovatsiyalar rivojlanishini tahlil qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.Lutfullayev ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga dunyo bo‘ylab barcha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida 28 mingdan ziyod doimiy yangilanadigan moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan va umumiy hajmi 134 mlrd AQSH dollaridan ortiq grantlarni jalb qilish imkonini yaratadigan tizimli platforma – Pivot-RP haqida ma’lumot berildi.

Magistratura tinglovchilari seminarda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.