Qashqadaryo viloyati mahallalarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish ishlari

Qashqadaryo viloyati mahallalarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish ishlari


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatining “Qarliqxona”, “Xo‘jaxiyol”, “Komilon” (Qarshi shahri), “A.Navoiy”, “Paxtazor”, “Paxtakor”, “Istiqlol”, “Kat”, “Batosh” va “Tinchlik” (Qarshi tumani), “Do‘stlik”, “Yuksalish”, “Denov” (Kasbi tumani), “Apardi”, “Yangihayot”, “Chaqar” (G‘uzor tumani) “Istiqlol”, “Torqopchig‘oy” (Dehqonobod tumani), “Bog‘ishamol”, “Tanxoz”, “Chorshanbe”, “Qutchi” (Shahrisabz tumani), “Qoziguzar”, “Sohibqiron”, “Kamolot” (Shahrisabz shahri) “Oltindala”, “Belamish”, “Umakay” (Ko‘kdala tumani), “Sanam”, “Nurafshon”, “Sho‘robsoy”, “Toshkent”, “H.Olimjon” (Kitob tumani) mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning oldini olish masalalari ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganildi.

Mutaxassislar mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi sabab va omillar, jinoyatni sodir etishga zamin yaratayotgan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy-maishiy muammolar, olib borilayotgan profilaktik ishlar holatini o‘rganib, tahlil qilishdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha har bir mahallaning aniq xususiyatlarini inobatga olgan holda, aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarda (bozor, savdo va umumiy ovqatlanish va h.k.) huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish uchun nazorat tadbirlarini yanada oshirish, aholini o‘z mulkiga bee’tibor bo‘lmasliklariga qaratilgan umumiy profilaktik tadbirlarni tashkil etish, sayyor sud jarayonlarini tashkil etgan holda huquqbuzarlik sodir etishning huquqiy oqibatlarini tushuntirish, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan viktimologik profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish, kiberjinoyatlar va firibgarlikdan jabrlanish ehtimolini kamaytirish uchun aholini muntazam ravishda huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktikasini ta’minlashga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan kelgusidagi yo‘l xaritalariga kiritish uchun mas’ullarga taqdim etildi.