Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi boshchiligidagi delegatsiya tashrifi

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi boshchiligidagi delegatsiya tashrifi


2025 yil 25 sentyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh prokurorlari yig‘ilishi doirasida TDT Bosh kotibi K.Omuraliyev boshchiligidagi delegatsiyaning Akademiyaga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, prokuratura va tergov sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tizimi bilan tanishdilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari raqamli kriminalistika laboratoriyasini ko‘zdan kechirishib, raqamli texnologiyalar yordamida sodir etilgan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarning raqamli izlarini tadqiq qilish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va vositalarni qo‘llash hamda sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniyatlari bilan tanishib chiqdilar.

Akademiyaning ta’lim va ilmiy faoliyati, ayniqsa raqamli kriminalistika bo‘yicha to‘plangan ijobiy tajribasi va salohiyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.