Bosh prokuratura Akademiyasining navbatdagi «Law Talks» munozara klubi doirasida davlat xizmatchilarini mol-mulklari va daromadlarini deklaratsiya qilish mexanizmining korruptsiyaga qarshi kurashishdagi roli muhokama qilindi.
Tadbirda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Bosh prokuratura Akademiyasi, IIV Akademiyasi, «Buyuk Kelajak» XNNT ekspertlari, shuningdek O'zbekistondagi xalqaro va nodavlat xorijiy tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, «Buyuk Kelajak» XNNTning chet davlatlaridagi (Gonkong, Buyuk Britaniya, AQSH, RF va b.) xalqaro ekspertlari ham videokonferens aloqa vositalari yordamida klub yig'ilishida qatnashishdi.
Munozaralar chog'ida BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasining 8-moddasini amalga oshirish qoidalari, davlat xizmatchilarini mol-mulklari va daromadlarini deklaratsiya qilish mexanizmini kiritish imkoniyatlari muhokama qilinib, bu sohada chet davlatlarining tajribasi o'rganib chiqildi.