O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalar va tinglovchilarning badiiy hamda ilmiy adabiyotga qiziqishini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon ularning dunyoqarashini kengaytirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish hamda ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Akademiyada navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda Akademiya xodimlari, professor-o‘qituvchilar, doktorant hamda talabalari ishtirok etdilar.
Yarmarka ishtirokchilari yuridik adabiyotlar, darsliklar, kodekslar bilan bir qatorda badiiy adabiyotlarni ham xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ishtirokchilarda jumladan tarixiy, detektiv va psixologik asarlar katta qiziqish uyg‘otdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning sifatli adabiyotlardan bahramand bo‘lishini kengaytirish, shuningdek, bo‘lajak huquqshunoslarda muntazam kitob mutolaa qilish odatini shakllantirishga xizmat qilib, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.