O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ–1-son "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida" hamda 2025 yil 18 avgustdagi PQ–253-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosi doirasida Akademiya ishchi guruhi tomonidan joylarda mahallalardagi kriminogen holatni o‘rganish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil sentyabr oyida Akademiya ishchi guruhi tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida Jizzax viloyatining “Ulug‘bek”, “Madaniyat”, “Jizzaxlik”, “Qassoblik”, “Sangzor” (Sh.Rashidov tumani), “So‘g‘diyona”, “Qulpisar”, “Yangidiyor”, “Tokchilik”, “Bobur” va “Yoshlik” (Baxmal tumani), “Fayzobod”, “O‘smat” (G‘allaorol tumani), “G‘o‘bdin”, “Sarbozor”, (Zarbdor tumani) “Tarraqiyot”, “Lalmikor” (Zomin tumani), “To‘rttom”, “Taraqqiyot”, (Paxtakor tumani), “G‘alaba” (Forish tumani) “Yegizbuloq”, “Xonbandi”, “O‘xum” mahallalarida huquqbuzarlik va jinoyatlarni aniqlash hamda ularning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlar holati o‘rganildi.
Shu bilan birga, mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi sabab va omillar, jinoyat sodir etilishiga turtki bo‘layotgan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy-maishiy muammolar, shuningdek, olib borilayotgan profilaktika ishlari tahlil qilindi.
Ishchi guruh faoliyati natijalariga ko‘ra, har bir mahallaning xususiyatlaridan kelib chiqib, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan manzilli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi, ular keyinchalik “Yo‘l xaritalari”ga kiritildi.