BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda ARIN-WCA tarmog‘i hamkorligidagi vebinarlar turkumining 4-qismi tashkil etildi

BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda ARIN-WCA tarmog‘i hamkorligidagi vebinarlar turkumining 4-qismi tashkil etildi


BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) Mintaqaviy vakolatxonasi hamda G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining Aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) Kotibiyati hamkorligida tashkil etilgan turkum vebinarlar davom etmoqda, navbatdagi vebinar “Jinoiy aktivlarni qaytarishda vaqtincha cheklov, musodara va olib qo‘yish choralari” mavzusida o‘tkazildi.

Vebinarda ARIN-WCA tarmog‘i Kotibiyati (Akademiya), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Bojxona qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Navbatdagi vebinarda ekspertlar sifatida Gonkong Mustaqil korrupsiyaga qarshi komissiyasi (ICAC)ning Aktivlarni qaytarish bo‘limi rahbari Sudxir Gidvani va Gonkong Sertifikatlangan buxgalterlar instituti a’zosi Kalvin Yu Xo Min chiqish qilishdi.

Ishtirokchilar aktivlarni vaqtincha cheklash va musodara qilish jarayonida uchraydigan huquqiy muammolar, protsessual choralar qo‘llashda uchinchi shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, aktivlar musodarasi bo‘yicha amaliy tajribalar bilan tanishdilar.