Bosh prokuratura Akademiyasida jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasini amaliyotga tadbiq qilish bo'yicha ish olib borilmoqda.
Tashkil etilgan ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishi Konsepsiyaning oldiga qo'yilgan maqsadlariga erishish doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasining 18 (aloqalardan g'arazli maqsadlarda foydalanish) va 20 (noqonuniy boyish) moddalarida ko'zda tutilgan ko'rsatmalarni qo'llash masalalarini ko'rib chiqishga bag'ishlandi.
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksini takomillashtirish bo'yicha tuzilgan ishchi guruhi a'zolari, milliy va xorijiy mutaxassislar qatnashishdi.
Tadbir davomida tomonlar Konvensiya normalarini joriy etish masalalarini muhokama qilishdi va xalqaro standartlarni hamda milliy qonunchilikning xususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiyalar ishlab chiqishdi.