Akademiya talabalari – xalqaro olimpiada g‘oliblari

Akademiya talabalari – xalqaro olimpiada g‘oliblari


Krasnoyarsk shahrida (Rossiya Federatsiyasi) Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha V-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning final bosqichi 4 ta yo‘nalish: iqtisodiy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, yurisprudensiya va xalqaro munosabatlar bo‘yicha o‘tkazilib, unda 40 davlatdan 600 nafar talaba qatnashdi.

Olimpiadaning final bosqichida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent shahridagi Inxa universitetining 10 nafar talabalaridan iborat O‘zbekiston jamoasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston jamoasining olimpiadaga tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bazasida o‘tkazildi.

Talabalarimiz yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etib, mamlakatni xalqaro maydonda munosib taqdim etdilar: 5 nafar talaba olimpiada nominatsiyalarida g‘olib va sovrindorlikni qo‘lga kiritib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi, ulardan 1 nafari I darajali va 4 nafari II darajali diplomlarni qo‘lga kiritdi.

Mazkur Olimpiadada ishtirokchilar uchun 100 dan ortiq ta’lim, sport va madaniy tadbirlar, xususan, 30 ta praktikum, 40 ga yaqin master-klass, trening va muhokamalar tashkil etilib, ushbu jarayonga 500 nafarga yaqin ekspertlar jalb etildi.

Olimpiada natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari 40 davlat ichida faxrli 3-o‘rinni egallashdi.