Jinoyatchilikni oldini olishning zamonaviy usullari bo'yicha trening

Jinoyatchilikni oldini olishning zamonaviy usullari bo'yicha trening

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Toshkent shaxar IIBBning rahbar kadrlari, Shayxontohur tumani jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish ekspert-tahlil guruhi va Bosh prokuraturasi hodimlari uchun jinoyatchilikning oldini olishning zamonaviy usullari bo'yicha trening mashg'uloti o'tkazildi.

Trening Akademiya tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi “Qonun ijodkorligini modernizatsiyalashga yordam berish va SOVAZ/ Faza-2” hamda Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi hamkorligida o'tkazildi.

Tadbir Akademiyaning jinoyatlarni sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish Markazi oldiga qo'yilgan vazifalar va huquqni muhofaza qilish tizimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda jinoyatchilikni erta oldini olishda ilg'or xorij tajribasini o'rganish va uni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida o'tkazildi.

Trening Paragvay, Chili, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardagi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligi tahlillarini o'tkazgan Lund universitetining (Shvetsiya) huquqshunoslik va kriminologiya fanlari professori P.Olsson tomonidan olib borildi.

Shayxontohur tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatidagi samaradorligini tahlil qilishda ko'maklashgan chet el eksperti P.Olsson, trening davomida O'zbekistonda jamoatchilik xavfsizligi masalalarini hal qilishda zamonaviy innovatsion yondashuvlarni ifodalovchi bir qator fikrlar bildirildi.

O'tkazilgan trening ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi. Olingan bilimlar kelgusida O'zbekistonda jinoyatchilikning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda qo'llaniladi.