O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida joriy yil oktyabr oyida e’lon qilingan Yong‘in xavfsizligini ta’minlash oyligi doirasida qator amaliy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Akademiya xodimlari va bakalavriat talabalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari, talab va me’yorlari bo‘yicha tushuntirishlar o‘tkazilib, yong‘in sodir bo‘lgan holatda evakuatsiya choralarini ko‘rish va xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalari shakllantirildi.
Ta’kidlash joizki, o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida ishtirokchilar yong‘in holatida binodan xavfsiz evakuatsiya qilish tartibi hamda amaliy harakatlar bilan bevosita tanishdilar.
Bunday tadbirlar Akademiyadagi xodimlar va talabalarda xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.