“Ilmli ayol – butun jamiyatni tarbiyalaydigan eng ulug‘ kuchdir” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi

“Ilmli ayol – butun jamiyatni tarbiyalaydigan eng ulug‘ kuchdir” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talaba-qizlar uchun “Ilmli ayol – butun jamiyatni tarbiyalaydigan eng ulug‘ kuchdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi bilimli va faol ayolning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini yoritish, shu orqali ularni o‘z ustida doimiy ishlashga, intellektual va ma’naviy rivojlanishga chorlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirga Yunusobod tumani Hokimiyati Xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi G.Karshiyeva ekspert sifatida taklif etildi.

Suhbat jarayonida bilimli, tashabbuskor va vatanparvar ayollar obrazi, ularning oila va jamiyatdagi mas’uliyatli roli haqida fikrlar bildirildi. G.Karshiyeva o‘z chiqishida zamonaviy ayolning jamiyatdagi faol ishtiroki, yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, talabalarning shaxsiy rivojlanishi, ta’limda va jamoat faoliyatidagi yutuqlari ham alohida e’tirof etildi

Tadbir samimiy va ilhombaxsh ruhda o‘tdi. O‘tkazilgan tadbir talaba-qizlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda Vatanga sadoqat, bilimga intilish va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qildi.