Akademiya bakalavriati talabalari “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” maydonini ziyorat qildi

Akademiya bakalavriati talabalari “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” maydonini ziyorat qildi


Yurt tarixini o‘rganish va ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalarining Toshkent shahridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi”ga tashrifi tashkil qilindi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – talabalarda siyosiy qatag‘on yillarida jabr ko‘rgan ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, shuningdek tarixiy haqiqatni asrab-avaylashning ahamiyatini anglatishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida talabalar muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, XX asrning fojiali sahifalari hamda mustaqillik tufayli ushbu voqealar haqida ochiq so‘zlash imkoni paydo bo‘lganligi yuzasidan ma’lumotlar olishdi.

Akademiya tomonidan tashkil qilinayotgan ushbu tashabbuslar, ma’naviy ahamiyatga ega joylarga tashriflar, yosh huquqni muhofaza qiluvchi kadrlarning ma’naviy yetukligi, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash hamda xalq va davlat oldidagi burchini his qilishga xizmat qiladi.