Akademiya nufuzli xalqaro Times Higher Education World University Rankings 2026 reytingiga Reporter maqomi bilan e’tirof etildi. Bu yutuq Akademiyaning barqaror rivojlanishi hamda yuridik va huquqni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro nufuzining ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Bunday e’tirof Akademiyaning ta’lim sifati bo‘yicha yuqori xalqaro standartlarni joriy etish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli sa’y-harakatlari samarasidir. Akademiya jahon ilmiy hamjamiyatida faol ishtirok etib, ochiqlik, ilmiy almashinuv va kasbiy yuksalish tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda.
2026 yilgi reytingda 115 ta davlatdan 2 200 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 5 % ko‘pdir. Reytingning yuqori pog‘onalarida an’anaviy ravishda Oksford universiteti, Massachusets texnologiya instituti, Prinston, Kembrij va Garvard universitetlari (Buyuk Britaniya va AQSH) joy olgan.
Ayni paytda, so‘nggi besh yil ichida reytingda Osiyo mamlakatlari universitetlarining ishtiroki sezilarli darajada oshib, reytinga yangi qo‘shilgan universitetlarning 60 foizi ushbu mintaqaga taalluqli. Bu mintaqaning ilmiy va ta’lim salohiyatining jadal o‘sishi hamda jahon akademik makonidagi nufuzining ortayotganidan dalolat beradi.