Huquqni muhofaza qilish akademiyasi suv resurslarini asrash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi suv resurslarini asrash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ekologik madaniyatni oshirish va suvdan tejamkor foydalanishga qaratilgan tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, talabalar kengashi tashabbusi bilan Akademiya xodimlari va talabalar ishtirokida kanallar hamda suv havzalarini tozalash aksiyalari muntazam tashkil etilmoqda. “Tashkent Ploggers” ekologik harakati bilan hamkorlikda plogging aksiyalari o‘tkazilib, yoshlarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga hissa qo‘shilmoqda.

Akademiya hududida ham suv resurslaridan oqilona foydalanishga e’tibor qaratilgan: talabalar turar joylarida tushuntirish suhbatlari o‘tkaziladi, o‘quv va ma’muriy binolarda zamonaviy suv tejovchi jihozlar o‘rnatilgan.

Bu faoliyat Akademiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish hamda ekologik xavfsizlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga qo‘shayotgan hissasini ifoda etadi.