Akademiya informatika va kiberxavfsizlik sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya informatika va kiberxavfsizlik sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyatiga informatika va kiberxavfsizlik (ta’lim sohasida tajribaga ega bo‘lgan) sohasidagi mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb qilish zarurati yuzaga keldi.

Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, nomzod bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma tuziladi.

Mutaxassisning majburiyatlari:

– Akademiya rahbariyatining topshirig‘iga asosan Akademiyada informatika va kiberxavfsizlik sohasiga oid loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shartnomaga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar rejasiga muvofiq Akademiya xodimlari va ta’lim oluvchilarda informatika va kiberxavfsizlik sohasida ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda – xizmatlar) ko‘rsatish:

– Akademiyada informatika va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash;

– o‘quv rejaga muvofiq Akademiyada “Yurisprudensiya: tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishida informatika va kiberxavfsizlik moduli bo‘yicha fond ma’ruzalarini ishlab chiqish;

– Akademiyada “Yurisprudensiya: tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishida informatika va kiberxavfsizlik fani bo‘yicha test materiallari va taqdimotlarni tayyorlash;

– “Yurisprudensiya: tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishida informatika va kiberxavfsizlik moduli bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Informatika va kiberxavfsizlik sohasida malakani tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat);

Informatika va kiberxavfsizlik sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;

O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.

Mazkur ish 6 (olti) oy muddatga belgilangan bo‘lib, keyinchalik zaruratga ko‘ra, fuqarolik mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bo‘lib ishlash qobiliyati, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,

Ish vaqti: haftasiga 5 kunlik ish rejimida 40 soatni tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, JSHIR ma’lumotnomasi)ni taqdim etishi lozim.

Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgach, zaruratga ko‘ra, nomzod bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati 2025-yil 31-oktyabrga qadar.

tel: 71 202-04-96 (1962)