UNODC hamda ARIN-WCA tarmog‘i hamkorligidagi vebinarlar turkumining 5-qismi tashkil etildi

UNODC hamda ARIN-WCA tarmog‘i hamkorligidagi vebinarlar turkumining 5-qismi tashkil etildi


BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) Mintaqaviy vakolatxonasi hamda G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining Aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) Kotibiyati hamkorligida tashkil etilgan turkum vebinarlarning navbatdagi qismi “Jinoyatchilar mablag‘larni legallashtirishini kutmang! Davlat-xususiy sherikligi: virtual aktivlarni kuzatish, hamkorlikda tergov o‘tkazish va aktivlarni qaytarish” mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tadbirda ARIN-WCA tarmog‘i Kotibiyati (Akademiya), Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron, Pokiston davlatlarining vakolatli organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Adliya vazirligi, Soliq va Bojxona qo‘mitalari, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Vebinarni UNODC Mintaqaviy vakolatxonasi maslahatchisi A.Vodyanoy olib bordi. Ekspertlar sifatida Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi Aktivlarni qaytarish qo‘mitasi prokurori Sabit Amanqossov, Ostona shahridagi investitsiya, kriptoaktivlar va bank xizmatlarini rivojlantirish faoliyat ko‘rsatuvchi “Tarlan Development Group” Ltd. kompaniyasi rahbari Temirlan Nuraximov hamda pul yuvishga qarshi kurashish va virtual aktivlar bo‘yicha xalqaro ekspert Oleksey Feshchenko chiqish qilishdi.

Ishtirokchilar prokuratura, huquqni muhofaza qilish organlari, moliyaviy razvedka bo‘linmalari, nazorat organlari va xususiy sektor o‘rtasidagi aktivlarni qaytarishda amaliy hamkorlik hamda qo‘shma tergov harakatlari o‘tkazish, shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni yuborish va axborot almashish platformalari haqida bo‘yicha amaliy tajribalar bilan tanishdilar.